«Liverpul» ikki sababga ko'ra Kilian Mbappeni xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
“Liverpul” Kilian Mbappeni o'z safiga qo'shib olish uchun “Real” bilan kurashadi.
Le Parisien nashrining xabariga ko'ra, mersisaydliklar “PSJ” forvardini ikki sabab bilan sotib olmoqchi. Birinchidan, 25 yoshli Mbappe 2025 yilda shartnomasi yakuniga etadigan Muhammad Salohga o'rinbosar bo'ladi. Misrlik futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ikkinchidan, Mbappe “Liverpul”ga “Manchester Siti” bilan oradagi farqni qisqartirishga yordam beradi.
“Qizillar” bosh murabbiyi Yurgen Klopp 9 yildan buyon Kilianni kuzatib kelmoqda. Futbolchi esa buni qadrlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!