Luis Enrike: "Bu menga bog'liq muammo emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan hujumchi Kilian Mbappening kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
“Mbappega ishonchsizlik bormi? Bu menga bog'liq muammo emas. Bu savolga men javob bermasligim kerak”, dedi Enrike matbuot anjumanida jurnalistlarga.
“PSJ” navbatdagi o'yinini 3-yanvar, chorshanba kuni Frantsiya Superkubogi doirasida “Tuluza”ga qarshi o'tkazadi.
Kilian Mbappe 25 yoshda. Joriy mavsumda u turli musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!