Nevill: "Burilish nuqtasi haqida gapirish qiyin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill klubdagi vaziyat haqida o'z fikrini aytdi.
Erik ten Xag shogirdlari bundan oldingi turda "Aston Villa"dan birinchi bo'limda 2 ta gol o'tkazib yubordi.
"Manchester Yunayted"ning qaytishi haqida gapirishdan oldin klubga ko'proq ishonch va natijalarda barqarorlik kerakligini ta'kidlamoqchiman.
“Aston Villa”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limi yomon o'tdi. Ikkinchi bo'limda men "Manchester Yunayted" o'yinlarida doim ko'rishni istagan narsani ko'rdim.
Bu jamoa qanchalik nostabil ekani, avval ko'plab ko'tarilishlar va pasayishlar bo'lganini hisobga olsak, burilish nuqtasi haqida gapirish qiyin", - dedi sobiq himoyachi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!