"Aston Villa" bu borada APLda yil peshqadami bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Aston Villa" bu yil muntazam ravishda o'z muxlislarini xursand qildi.
Unai Emeri shogirdlari Duglas Luisning 89-daqiqada amalga oshirgan penaltisi evaziga “Byornli”ni engib, uch ochkoni qo'lga kiritdi va o'z uyida navbatdagi g'alabaga erishdi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, "Aston Villa" 2023 yil davomida o'z uyida g'alaba qozongan o'yinlar (17) va ochkolar (53) bo'yicha Premer-liga peshqadami bo'lib turibdi.
Ayni paytda Birmingem klubi 42 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda, «Liverpul»dan faqat to'plar nisbati bo'yicha ortda bormoqda.
Yurgen Klopp shogirdlari esa bir o'yin kam o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!