Mourino: "Men bu haqda gapirmoqchi emasman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Union Berlin" himoyachisi Leonadro Bonuchchining ehtimoliy transferi haqida fikr bildirishni xohlamadi.
“Men bu haqda gapirmoqchi emasman. U bizning o'yinchimiz emas va biz uni hurmat qilishimiz kerak", - deya Mourinoning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda.
36 yoshli futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi va yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Joriy mavsumda Bonuchchi barcha turnirlarda o'nta o'yinda qatnashib, bitta gol urdi. Avvalroq u “Milan”, “Inter” va Turinning “Yuventus” klublarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!