Luchesku "Beshiktosh" jamoasini boshqarishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12
Ruminiyalik mutaxassis, "Zenit", "Shaxtyor" va Kievning "Dinamo" klublarining sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku "Beshiktosh"ni boshqarishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Ukrainaning "Sport" nashri.
Xabar qilinishicha, 78 yoshli murabbiy rad javobini mavsum o'rtasida yangi jamoani qabul qilishni istamasligi, biroq yozda "Beshiktosh"ni boshqarish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyorligi bilan izohlagan.
Eslatib o'tamiz, Luchesku 2002 yildan 2004 yilgacha "Beshiktosh"ni boshqargan.
Luchesku noyabr oyida Kievning "Dinamo" klubi bosh murabbiyligidan ketganidan beri ishsiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!