Hozir eng qimmat himoyachi kim?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
So'nggi haftalarda nufuzli Transfermarkt portali futbolchilarning narx-navolarini faol ravishda yangilamoqda.
Aytish joizki, eng qimmat himoyachilar “Manchester Siti”ning ikki vakili – Yoshko Gvardiol va Ruben Diashdir. Xorvatiyalik va portugaliyalik futbolchi 80 million evroga baholanmoqda.
Eng qimmat himoyachilar uchligiga “Arsenal”dan Uilyam Saliba kirdi, unga 75 million evro narx belgilandi.
To'rtinchi o'rinni Ronald Arauxo («Barselona»), Alfonso Devis («Bavariya») va Eder Militao («Real») bo'lishdi - ular 70 million evroga baholanmoqda.
Kuchli o'nlikka, shuningdek, Ashraf Hakimiy (“PSJ”), Kristian Romero (“Tottenxem”) va Matteys de Ligt (“Bavariya”) kirgan. Ularning narxi 65 million evroni tashkil qiladi.