"Real"ning sobiq darvozaboni faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Madridning “Real” klubi sobiq darvozaboni Diego Lopes 42 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Ispaniyalik darvozabonning so'nggi klubi "Rayo Valekano" bo'lgan. Futbolchining jamoa bilan shartnomasi shu yilning iyul oyi boshida yakuniga etgan. Tomonlar hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilishdi. Darvozabon olti oy davomida klubsiz edi, shundan so'ng u qo'lqoplarini mixga ilishga qaror qildi.
Faoliyati davomida Lopes “Real”, “Milan”, “Vilyarreal”, “Sevilya”, “Espanol” kabi jamoalarda o'ynagan. Madrid klubi bilan darvozabon Chempionlar ligasi, La Liga va Ispaniya kubogini yutgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!