"Chelsi" Gallaxerni "o'rtacha" narxga sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
"Chelsi" yarim himoyachisi va vitse-sardori Konor Gallaxer qishki transfer oynasida London jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Tottenxem" angliyalik yarim himoyachini qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogar bo'lib qolmoqda. Qayd etilishicha, "Chelsi" 23 yoshli futbolchini 50-55 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi "aristokratlar" safida barcha turnirlarda 22 ta o'yin o'tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!