Gvardiolaga bunchalik oson raqib tushmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola boshqa murabbiylarga qaraganda Shon Daychni ko'proq mag'lub etgan.
“Shaharliklar” “Everton” ustidan irodali g'alabani (3:1) nishonladi.
Squawka ta'kidlaganidek, hech bir murabbiy Gvardiola jamoalariga Shon Daychchalik tez-tez mag'lub bo'lmagan.
Mutaxassislar o'zaro 17 ta o'yin o'tkazib, 16 holatda ispan g'alaba qozongan. 2018-yilning fevralida “Byornli” – “Manchester Siti” (1:1) uchrashuvidagi durang bundan mustasno.
Murabbiylar qarama-qarshiligining umumiy gollar hisobi 52:6. Gvardiola foydasiga. Eslatib o'tamiz, Shon Daych 2023 yilning yanvarida «Everton»ni qabul qilib olgan edi. 2012 yildan 2022 yilgacha ingliz murabbiyi "Byornli"da ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!