Allegri bu transferga rozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"Toronto" vingeri Federiko Bernardeski kelasi oydayoq "Yuventus"ga qaytishi mumkin.
29 yoshli futbolchi yana turinliklar safida to'p tepishni istamoqda va avvalroq xabar qilinganidek, hatto maoshini ham qisqartirishga tayyor.
TMW xabariga ko'ra, tomonlar transfer imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. "Toronto" italiyalikni 6 oyga "Yuventus"ga qo'yib yuborishga qarshi emas.
Yana ma'lumki, "Byankonerilar" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bu kelishuvni ma'qullaydi, chunki u jamoani bir vaqtning o'zida maydonda bir nechta pozitsiyalarni egallashga qodir futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!