"Manchester Siti" – "Fluminense" o'yinidan so'ng janjal yuzaga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
“Fluminense” klubida to'p tepayotgan braziliyalik mashhur himoyachi Felipe Melo klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali yakunlanganidan so'ng “Manchester Siti” futbolchisi Kayl Uoker bilan janjallashib qoldi.
“Yakuniy hushtag chalinganidan keyin Grilish Martinelli bilan yomon muomala qila boshladi. U janjal uchun eng kichik yigitni tanladi. Men o'rnimdan turdim va uni itarib yubordim, keyin Uoker yonimga keldi. O'shanda men shunchaki jamoadoshimni himoya qilgandim", - dedi braziliyalik himoyachi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv Braziliya jamoasining 0:4 hisobidagi yirik mag'lubiyati bilan yakunlangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!