"Tottenxem" xavbeki uchun kurashga yana bir klub qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
"Tottenxem" yarim himoyachisi Per-Emil Xyoyberg "Napoli"ning nishoniga aylandi.
28 yoshli futbolchi uzoq vaqtdan beri "Yuventus"ning transfer maqsadlaridan biri bo'lib kelgandi, ammo yanvar oyida "byankonerilar" daniyalik uchun kurashda yangi raqobatchilarga ega bo'lishi mumkin.
Nufuzli insayder Janluka Di Martsioning so'zlariga ko'ra, "Napoli" Xyoyberg bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganmoqda.
Qayd etilishicha, "adzurrilar" rahbariyati Bubakari Sumare (“Sevilya”) va Seko Fofana (“Al-Nasr”)ni ham ko'zlagan.
Per-Emil Xyoyberg joriy mavsumda “Tottenxem”ning 17ta o'yinida qatnashgan, biroq bor-yo'g'i to'rt marta maydonga tushgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, "shporlar" yarim himoyachisining narxi 28 million evroni tashkil qiladi.