BAAda harakat qilayotgan futbolchilarimiz soni yana bittaga ko'payadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Paxtakor" o'z safiga o'ng qanot himoyacida o'ynovchi uchinchi futbolchi - Umar Adhamzodani qo'shib olishi bejiz bo'lib chiqmadi.
Ma'lum bo'lishicha, o'tgan mavsum ushbu pozitsiyada harakat qilgan himoyachilardan biri - Dilshod Saitovga, BAA Pro ligasi vakili - "Al Jazira" klubidan taklif kelib tushgan. Abu Dabi shahri sharafini himoya qiluvchi jamoa hozirda BAA chempionatida 6-o'rinda ketmoqda.
Hozirda BAA Pro ligasida Aziz G'aniev ("Shabab al Ahli") va Abdulla Abdullaev ("Hor Fakkan") harakat qilishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!