UEFA yangi formatiga hech qanday o'zgartirish kiritmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
UEFA Superliga tufayli Chempionlar ligasining yangi formatidan voz kechmoqchi emas.
2024 yildan boshlab Chempionlar ligasi ishtirokchilari soni 32 tadan 36 taga ko'payadi va an'anaviy guruh bosqichi o'rniga umumiy jadvaldan foydalaniladi. Har bir klub turli raqiblarga qarshi kamida 8 ta o'yin o'tkazadi.
Eng yaxshi sakkizta jamoa avtomatik tarzda pley-off bosqichiga yo'llanma oladi. 9-24-o'rinlarni egallagan klublar ikki o'yindan iborat pley-off bosqichida ishtirok etadi va yana 8 ta yo'llanma uchun kurash olib boradi.
UEFA va Superliga o'rtasidagi bahs bo'yicha Evropa Ittifoqi sudining qarori e'lon qilinganidan so'ng bir qancha OAVda UEFA Chempionlar ligasi islohotidan voz kechishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Biroq, RMC nashriga ko'ra, UEFAning bunday rejalari yo'q.
"Klublar yangi turnir formati hozirgisidan ancha yaxshi deb hisoblamoqda", - dedi UEFA va Evropa klublar assotsiatsiyasi.