"Barselona"ni jiddiy jazo kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92
Kataloniyaning "Barselona" klubini qattiq jazo kutmoqda.
Welt am Sonntag jurnalistlarining fikricha, «ko'k-anorranglilar» moliyaviy feyr-pleyni buzgani uchun bir necha yilga Chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkin.
Kataloniya jamoasi 2024/2025-yilgi mavsumdan boshlab diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda UEFA “Barselona”ni 500 ming evro jarimaga tortgan edi.
Klub moddiy boyliklarni sotishdan tushgan foydani noto'g'ri e'lon qilgani uchun shunday jazo oldi.
Joriy Chempionlar ligasida "ko'k-anorranglilar" guruhda birinchi o'rindan pley-offga chiqdi. Xavi Ernandes shogirdlari musobaqaning chorak finali yo'llanmasi uchun “Napoli” bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!