Anchelotti: "Qaror qabul qilish uchun vaqtimiz bor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasi yangi markaziy himoyachi sotib olish niyatida emasligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, David Alaba dam olish kunlari tizzasining xoch qismini yirtib olgan edi. Avstriyalik futbolchi bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi.
"Alaba o'rniga kimdirni xarid qilamizmi? Biz klub bilan vaziyatni muhokama qilmoqdamiz va yaqin bir necha kun ichida barcha variantlarni ko'rib chiqamiz.
Qaror qabul qilish uchun vaqtimiz bor. Transfer oynasi 31-yanvar kuni yopiladi", dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!