Gvardiolaga ispan kiperi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Las-Palmas"da o'ynayotgan ispaniyalik darvozabon Alvaro Valles faoliyatini Angliya premer-ligasining top-klubida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Jurnalistlarning yozishicha, 26 yoshli darvozabon xizmatlariga “Manchester Siti” qiziqmoqda. Angliya jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola shaxsan Valles transferini talab qilmoqda.
Darvozabon hozirgi jamoasida 2019 yilning yozidan buyon o'ynamoqda. Alvaro va "Las-Palmas" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirida tugaydi.
Transfermarkt portali ekspertlari darvozabonning narxini to'rt million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!