"Barselona" Gaviga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Kataloniyaning "Barselona" klubi joriy mavsumni "Nottingem Forest"da ijara asosida o'tkazayotgan "Chelsi" yarim himoyachisi Andrey Santosga ko'z tikdi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Santos Angliya premer-ligasining joriy mavsumida atigi 7 daqiqa o'ynadi. Shu sababdan "Chelsi" futbolchini ijaradan qaytarib olmoqchi.
Sport Witness xabariga ko'ra, "Barselona" vaziyatdan unumli foydalanib, futbolchi "Chelsi"ga qaytganidan keyin Santosni ijaraga olmoqchi.
Andre bu mavsum boshqa o'ynamaydigan Gavining o'rnini egallashi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!