Onana APLda quruq o'yin o'tkazish bo'yicha peshqadamga etib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Andre Onana Premer-liganing joriy mavsumida quruq o'yinlar bo'yicha etakchi hisoblanadi.
Bugun “Manchester Yunayted” darvozaboni “Liverpul”ga qarshi o'yinda (0:0) o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va APLdagi 6-o'yinni quruq o'tkazdi.
Onana bu ko'rsatkich bo'yicha birinchi o'rinni egallab turgan "Everton" darvozaboni Jordan Pikfordga etib oldi.
Alisson (“Liverpul”), Sem Jonston (“Kristal Pelas”), Bernd Leno (“Fulxem”), Nik Poup (“Nyukasl”), David Rayya (“Arsenal”) va Gulelmo Vikario ("Tottenxem") bu mavsumda APLda 5 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!