Gonsales jarohat sabab 1,5 oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
“Fiorentina” hujumchisi Nikolas Gonsales o'ng sonidan jarohat oldi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Manba bergan xabarga ko'ra, forvard Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasidagi "Ferentsvarosh"ga (1:1) qarshi safar o'yinida jarohat olib, 19-daqiqada almashtirilgan.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi 1,5 oyni o'tkazib yuboradi.
25 yoshli Gonsales joriy mavsumda "Fiorentina" safida barcha turnirlarda 19 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!