Birinchi bor ikki nafar taekvondochimiz reyting orqali Olimpiadaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenzion reyting ochkolarini jamg'arish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan sportchilar nomini e'lon qildi.
Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Ulug'bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) Parij-2024 yo'llanmalariga ega bo'lishdi.
Qayd etish joiz, hamyurtlarimiz birinchi bor reyting orqali 2 ta yo'llanmaga ega bo'lishdi. Shuningdek, qizlarimiz ham ilk marotaba to'g'ridan-to'g'ri Olimpiada ishtirokchisiga aylanmoqda.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni ushbu natija bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaydi.