Echeverrining «sovchi»lari ko'paydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
«River Pleyt»ning argentinalik hujumkor yarim himoyachisi Klaudio Echeverri Evropaning top-klubiga o'tishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, «Chelsi» va «Manchester Siti» 17 yoshli yarim himoyachining transferi borasida «River Pleyt» vakillari bilan bog'lanishgan.
Qayd etilishicha, «Barselona» hali ham Echeverri bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor, biroq kataloniyaliklar moliyaviy feyr-pley tufayli shartnomani yakunlashda qiynaladi.
Manbaga ko'ra, Echeverrining tovon puli 25 million evroni tashkil qiladi, ammo transfer oynasining so'nggi kunlarida u 30 millionga ko'tarilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!