Kroos APLga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118
Germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroos «Manchester Siti»ning transferlar ro'yxatida qolishda davom etmoqda. Bu haqda Todofichajes sahifalarida xabar berilgan.
Angliya top-klubi vakillari yarim himoyachining «Real»dagi holatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
33 yoshli futbolchining «qirollik klubi» bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. «Man Siti» bundan unumli foydalanib, nemis futbolchisini qo'lga kiritmoqchi.
Kroos 2014 yildan beri «Real»da o'ynab kelmoqda. Hozirda yarim himoyachining transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!