Alguasil: «Nimaga erishganimizni tushunib turibman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Immanol Alguasil «Sosedad»ning Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqqanini yuqori baholadi.
Basklar bosh murabbiyi «Inter» bilan safar uchrashuvidan (0:0) so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Men nimaga erishganimizni tushunib turibman. Albatta, bu guruh bosqichi qanchalik qimmatli va ahamiyatli bo'lganini yillar o'tishi bilan tushunamiz, chunki bugun biz yana tarix yaratdik - shunday stadionda shunday raqibga qarshi o'ynash katta narsani anglatadi.
G'alaba qozona olmaganimizdan afsusdamiz. Biz pley-offdan mamnunmiz, lekin g'alaba qozonishni juda xohladik. O'ylaymanki, biz ajoyib o'yin o'tkazdik», - dedi Alguasil.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!