Dalot: «Bu biz erishmoqchi bo'lgan natija emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
«Manchester Yunayted» himoyachisi Diogu Dalot Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Bavariya»ga qarshi uy uchrashuvidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. «Qizil iblislar» 0:1 hisobida minimal mag'lubiyatga uchradi.
«Bu biz erishmoqchi bo'lgan natija emas. Biz boshqa narsaga umid qilgandik. Jamoa kuchli raqibga qarshi o'yinda bor narsasini berdi, ammo bu g'alaba qozonish uchun etarli bo'lmadi.
Biz pley-offda o'ynamoqchi edik, ammo bunga etarlicha kuchimiz etmadi. Biz saboq olib, davom etishimiz kerak», - deya futbolchining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!