Nketia EChLdagi ilk golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Londonning “Arsenal” klubi EChL “B” guruhida Niderlandiyaning PSV jamoasi mehmoni bo'lmoqda. Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlariga ko'ra, “kanonirlar” oldinda – 1:0. Bo'limdagi yagona golni londonliklar hujumchisi Eddi Nketia 42-daqiqada Rays Nelsonning uzatmasidan kiritdi.
Shu tariqa, bugungi gol Nketianing UEFA Chempionlar Ligasidagi faoliyatidagi ilk goli bo'ldi. Umuman olganda, ushbu mavsumda hujumchi barcha rasmiy musobaqalarda oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi, bu gollarning beshtasi Premer-ligada.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!