Roberto Messining "Barselona"dan ketishi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Barselona" futbolchisi Serxi Roberto Lionel Messi klubni tark etganida qanchalik hayron qolganini esladi.
“Leoning ketishi meni juda hayratda qoldirdi. Buni men ham, jamoadoshlarim ham kutmagan edik. Biz u shartnomani uzaytiradi deb o'ylagandik. Oradan bir necha yil o'tdi, lekin o'sha kunlarda nima bo'lganini hali hech kim bilmaydi. Shaxsan men Messi faoliyatining oxirigacha “Barselona”da o'ynaydi deb o'ylagandim”, – deya Robertodan iqtibos keltiradi Inter Miami News Hub.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi ikki mavsumni “PSJ”da o'tkazgan va shundan so'ng “Inter Mayami”ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!