Kazemiro "MYu" safiga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
“Manchester Yunayted” himoyachisi Kazemiro jarohatidan forig' bo'lib, mashg'ulotlarni to'liq davom ettirishni boshladi, deya xabar bermoqda “qizil iblislar” matbuot xizmati.
Braziliyalik yarim himoyachi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi o'yin uchun "qizil iblislar" tarkibiga kiritilishi mumkin. Uchrashuv ertaga, 12 dekabr kuni "Old Trafford" stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Kazemiro jarohati tufayli oktyabr oyidan beri maydonga tushmayapti. Yarim himoyachi Braziliya terma jamoasi safida jarohat olgan edi.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi APLda 8 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!