Konor Makgregor: «Navbatdagi jangim bahorda bo'lib o'tadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-6) qachon oktagonga qaytmoqchiligini aytib o'tdi.
Irlandiyalik sportchi 2024 yilning bahorida jang o'tkazmoqchiligini ma'lum qildi.
“Bahorda keyingi jangimni o'tkazaman. Hozir faol tayyorgarlik bosqichida emasman, lekin doping-test topshiraman, har kuni mashg'ulot o'tayapman.
Raqib kim? Maykl Chendler ehtimoliy raqib edi, menimcha, u bilan jang qilamiz”, — deydi Konor.
Eslatib o'tamiz, Makgregor so'nggi jangini 2021 yil iyul oyi Dastin Porega qarshi o'tkazib, oyog'ini sindirib olgandi. Pore texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Avvalroq, bokschi Oleksandr Usik Konorni jangga chorlagani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!