Leau navbatdagi o'yinni ham o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"Milan" hujumchisi Rafael Leauning maydonga qaytishi keyinga surilmoqda.
Kuni kecha Italiya OAVlari portugaliyalik futbolchi jarohatidan forig' bo'lgani va A Seriyaning navbatdagi 9 dekabr kuni bo'lib o'tadigan “Atalanta”ga qarshi o'yinida maydonga tushishga tayyorligi haqida xabar berdi. Milan News xabariga ko'ra, Leau oxir-oqibat Bergamoda o'ynamaydigan bo'ldi - bosh murabbiy Stefano Pioli forvardning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslikka va to'liq tiklanishi uchun unga yana bir necha kun berishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, 24 yoshli futbolchi 13 dekabr kuni EChL guruh bosqichining so'nggi turida bo'lib o'tadigan "Nyukasl"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsda maydonga tushish ehtimoli yuqori.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!