«Real» yarim himoyachisi bu yil ortiq maydonga tushmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108
Madridning «Real» klubining frantsiyalik yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bu kalendar yili boshqa maydonga tushmaydi.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi Frantsiya terma jamoasi safida jarohat olgan edi. Avvalroq futbolchi fevral oyi boshida maydonga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Madrid Zone ma'lumotlariga ko'ra, Kamavinganing tiklanish muddati qisqartirilishi mumkin. Qayd etilishicha, yarim himoyachi jarohatidan bir oy ichida tuzalib ketishi mumkin.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlarni hisobga olgan holda 17 ta uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!