«Chelsi» hujumchisini jamoada olib qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
«Chelsi» hujumchisi Armando Broya yanvarda jamoani tark etmasa kerak.
Albaniyalik futbolchiga Premer-liga va A Seriya vakillari qiziqish bildirishgan va ayni damda «Fulxem» asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.
Football Insider xabariga ko'ra, «Chelsi» yanvar oyidagi transfer oynasida Broya uchun qilingan har qanday taklifni rad etish niyatida.
Armando Broya joriy Angliya chempionatida «Chelsi» safida ettita o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Transfermarkt ekspertlarining fikricha, futbolchining transfer qiymati 28 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!