"MYu"ning APL davridagi eng yaxshi 3 nafar futbolchisi ro'yxatidan Ronalduga joy topilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Britaniyaning Daily Mail nashri 1992 yil fevralidan beri Angliya Premer-ligasi davridagi eng yaxshi "Manchester Yunayted" futbolchilari reytingini e'lon qildi.
Ro'yxatda uelslik yarim himoyachi Rayan Giggz etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rin yarim himoyachi Pol Skoulzga berilgan bo'lsa, kuchli uchlikni hujumchi Ueyn Runi yakunladi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik to'purar Krishtianu Ronaldu reytingda to'rtinchi o'rinni egalladi.
Kuchli o'ntalikka shuningdek: Roy Kin, Erik Kantona, Piter Shmeyxel, Rio Ferdinand, David Bekxem va Endi Koul kirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!