Rasman! Qatar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
2022 yilda o'z tarixida ilk bor futbol bo'yicha jahon chempionati final qismida ishtirok etgan Qatar terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi. Yanvar oyidan beri jamoani boshqarib kelgan Karlush Keyrush iste'foga chiqdi.
Biroq uning o'rni ko'p bo'sh qolmadi - Qatar futbol federatsiyasi Keyrush o'rniga ispaniyalik mutaxassis Bartolome Markes egallaganini, u avvalroq mamlakatning etakchi klublaridan biri "Al-Vaqra"ni besh yil davomida boshqarganini ma'lum qildi.
Uning boshchiligida Qatar terma jamoasi yanvar oyida Osiyo Kubogida ishtirok etadi - turnir 12 yanvarda boshlanadi va 10 fevralga qadar davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!