Fayzullaevning jamoadoshi klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
18 yoshli yarim himoyachi Kirill Glebov TsSKA bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda «armiyachilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Shundan so'ng tomonlar hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.
Joriy mavsumda Glebov barcha musobaqalarni (RPL + Rossiya kubogi) hisobga olgan holda 7 uchrashuvda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, moskvaliklar safida hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev ham harakat qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!