O'zbekistonlik hakamlar Saudiya Arabistonida bo'lib o'tayotgan seminarda ishtirok etishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14
Joriy yilning 5-9-dekabr kunlari Saudiya Arabistonining Dammam shahrida VAR texnologiyasi hamda jismoniy tayyorgarliklar bo'yicha hakamlar uchun xalqaro seminar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.
Ahamiyatli jihati, ushbu yig'ilishda 7 nafar hakamimiz — Ahrol Risqullaev, Akobirxo'ja Shukurullaev, Asker Najafaliev, Rahimbek Karimov, Akmal Rahimov, Ibrohim Ismoilov hamda Roziyabonu Yusupova, shunigdek, o'zbekistonlik hakamlar uchun FIFA nazoratchisi hisoblanuvchi Farhod Abdullaev ham ishtirok etmoqda.
Seminar davomida VAR texnologiyasi, undagi yangiliklar va ularning futbolga tatbiq qilinishi borasida keng qamrovli nazariy va amaliy bilimlar berilishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, kurs doirasida hakamlarni UEFA tomonidan yangi ishlab chiqilgan fitness testlari bilan ham tanishtirish reja qilingan.