Arauxo jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Ronald Arauxo jamoasining “Atletiko”ga qarshi so'nggi o'yinida kichik jarohat oldi. Bu uchrashuv Xavi Ernandes jamoasining 1:0 hisobidagi minimal g'alabasi bilan yakunlandi.
Jurnalist Toni Xuanmarti jarohat olganiga qaramay, tibbiyot xodimlari Arauxoning 10 dekabr kuni bo'lib o'tadigan chempionat doirasidagi “Jirona”ga qarshi navbatdagi o'yinda ishtirok etishiga ishonishini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Arauxo joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 9ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Urugvaylik futbolchi Ispaniyadagi beshinchi mavsumini "Barselona"ning asosiy jamoasida o'tkazmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!