Antoni: "APLda o'yinlar ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan alohida konsentratsiyani talab qiladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Manchester Yunayted" vingeri Antoni joriy mavsumdagi yomon o'yinlari uchun bahona topdi. Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi Premer-liganing 10ta o'yinida birorta ham samarali harakat o'tkaza olmagan.
"Premer-ligada o'yinlar ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan alohida konsentratsiyani talab qiladi. Shu sababli mavsumoldi tayyorgarlikni yaxshi o'tkazish juda muhim. Men buni sog'indim, shuning uchun hozir mashg'ulotlar bo'yicha jamoadoshlarimga etib olish uchun vaqt bilan poyga qilyapman", - dedi braziliyalik futbolchi.
2022 yilning yozida “Manchester Yunayted” Antoni uchun Amsterdamning “Ayaks” klubiga 95 million evro to'lagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!