Ten Xag: "Marsyalga nisbatan tanqidlar? U yaxshi o'yin o'tkazdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag so'nggi o'yinlardagi o'yinidan so'ng muxlislar va matbuot tanqidiga uchragan hujumchisi Antoni Marsyalni himoya qildi.
“Marsyalni tanqid qilishmi? Men uni “Everton”ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdi deb o'yladim. Men har doim faqat bitta o'yinchini ajratib ko'rsatishni adolatsizlik deb hisoblayman" - dedi Ten Xag matbuot anjumanida.
Marsyal 2015 yilning yozidan buyon "Manchester Yunayted"da o'ynab kelmoqda, biroq hamon muxlislar umidini oqlay olmadi. Joriy mavsumda 28 yoshli frantsiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!