Korrea La Ligani A Seriyaga almashtirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Hujumchi Anxel Korrea «Atletiko Madrid»ni tark etib, Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin. TodoFichajes o'z sahifalarida xabar berishicha, «Roma» 28 yoshli argentinalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
A Seriya klubi Temmi Abraxamni sotsa, bozorni o'rganadi.
Qayd etilishicha, «Roma» Abraxamni sotsa, Korrea uchun taxminan 35 million evro to'lashga tayyor bo'ladi.
Anxel Korrea 2015 yil boshidan buyon «Atletiko Madrid»da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va sherigiga bitta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!