Ter Shtegen jarrohlik stoliga yotishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatini davolash uchun jarrohlik amaliyoti boshdan kechiradigan bo'ldi.
Diario Sport tarqatgan xabarga ko'ra, 31 yoshli posbon germaniyalik bir necha nafar shifokorlar bilan maslahatlashgach, belidagi muammoni operatsiya yordamida hal qilish borasida qaror qabul qildi. Buning oqibatida Ter Shtegen 2-3 oy davomida maydondan tashqarida qoladi.
Mark-Andre Evropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlarda ishtirok etishi borasida xulosa berish qiyin. U yanvar oyida o'tkaziladigan Ispaniya superkubogi bahslarini o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!