Rojers: "Sterling yoshligidayoq dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni xohlayotganini aytgandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Brendan Rojers vinger Raxim Sterling bilan ishlagan vaqtlari haqida fikr bildirdi.
"Seltik" ustozi angliyalik futbolchining yoshligida qanday mentalitetga ega ekanligini tushuntirib berdi.
"Sterling yoshligidayoq dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni xohlayotganini aytgandi. Bu menga juda yoqqandi. Rahim shu ma'noda o'ziga xos edi, chunki men ko'plab yosh britaniyalik futbolchilar bilan gaplashdim va ularda bunday ambitsiya yo'q edi", dedi Rojers Daily Mirror nashriga.
Eslatib o'tamiz, Sterling "Manchester Siti" tarkibida to'rt marta Angliya chempioni bo'lgan. Hozirda Rahim 2022 yilning yozida ko'chib o'tgan Londonning "Chelsi" jamoasida o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!