Kolo-Muani: "PSJ" - mening yuragimda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"PSJ" hujumchisi Randal Kolo-Muani parijliklar jamoasida o'ynash u uchun nimani anglatishini tushuntirib berdi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi yozda Luis Enrike jamoasiga Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan o'tgan edi. Transfer summasi 95 million evroni tashkil qildi.
"PSJ" - mening yuragimda. Men o'zim o'sgan shaharda yashayman. Murabbiy mendan doim harakatda bo'lishni so'raydi. Albatta, atrofimda juda ko'p umidlar bor, shuning uchun men ko'p mehnat qilishim kerak", - dedi Kolo-Muani Telefoot bilan suhbatda.
Kolo-Muani joriy mavsum Frantsiya chempionatining sakkizta o'yinida maydonga tushib, uchta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!