Buffon: "Raqiblar Italiya bilan bir guruhdan joy olgani uchun xursandchilikdan sakrab o'tirmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14
Italiyalik afsonaviy darvozabon va jahon chempioni Janluiji Buffon 2024 yilgi Evropa chempionatiga qur'a tashlash natijalarini sarhisob qildi.
Evro-2024da Italiya terma jamoasi Ispaniya, Xorvatiya va Albaniya bilan bir guruhdan joy oldi.
"To'rtinchi savatchada bo'lganimiz uchun qur'a qiyin bo'lishi kutilgandi. Bu guruh Evro-2012da bo'lgan guruhga biroz o'xshaydi - o'shanda biz guruhdja ikkinchi o'rinni egallagandik va finalga chiqqandik. Amaldagi formatga ko'ra, to'rtta uchinchi o'rinni egallagan jamoalar ham koeffitsientlarni oshirib, pley-offga chiqishadi.
Albatta, biz bu qur'adan xavotirdamiz, ammo boshqa jamoalar Italiya bilan bir guruhdan joy olgani uchun xursandchilikdan sakrab o'tirmaydi.
Turnirda tarkibning kuchi bo'yicha Italiyadan ustun bo'lgan uch-to'rtta jamoa bor, ammo biz birlashgan va bir bo'lib ishlaganimizda kim bizdan kuchliroq bo'lishi mumkinligini bilmayman", - dedi Buffon RAI Sport nashriga.