"Al-Hilol" bosh murabbiylikka Mourinoning olib kelish g'oyasidan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Saudiyaning "Al-Hilol" klubi bosh murabbiy lavozimiga Joze Mourinoni taklif qilish fikridan voz kechdi.
Jurnalist Rudi Galettining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, yaxshi natijalar fonida klub rahbarlarining Jorje Jesusga bo'lgan ishonchi ortgan. Ayni damda "Al-Hilol" ushbu mutaxassis bilan ishlashni davom ettirishga qaror qilgan va Joze Mourinoning taklifi qaytarib olingan.
Shu bilan birga, Mourinoga Saudiya Arabistonining boshqa bir klubi "Al-Ahli" hamon qiziqish bildirayotgani qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinoning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!