Gyundogan: "Mish-mishlarga ko'nikishim kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Xavi Ernandesning jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Avvalroq, nemis futbolchisiga Turkiyaning “Galatasaroy” klubi va Saudiya Arabistonining bir qator klublari qiziqish bildirayotgan edi.
"Galatasaroy va Saudiya Arabistoni haqidagi mish-mishlar? Men bunga ko'nikishim kerak. Atrofda keraksiz shov-shuv ko'p. Men hozir qaerda ekanligimdan xursandman. Men oilam uchun uy topdim va yangi muhitga yaxshiroq moslashayapman", - dedi Gyundogan Barca Universal bilan suhbatda.
Gyundogan o'tgan yozda "Manchester Siti"dan "Barselona"ga kelib, erkin agent sifatida uch yillik shartnoma imzolagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!