Ruben Nevesh: "Nyukasl"ga o'tmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Al-Hilol" himoyachisi Ruben Nevesh yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida ijara asosida Angliyaning "Nyukasl" klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Men "Nyukasl"ga bormayman. Men bu erda yaxshi ishlayapman va "Al-Hilol"da qolmoqchiman", — dedi Nevesh BBC Sport bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg'armasiga tegishli bo'lganligi sababli “Nyukasl” safiga bemalol ko'chib o'tishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.