Konferentsiyalar ligasida bir qator jamoalar guruhdan chiqish masalasini hal etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Konferentsiyalar ligasi pley-off bosqichining ayrim ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.
Guruh bosqichining 5-turidan keyin ushbu turnirning pley-off bosqichida ishtirok etadigan jamoalar aniqlandi.
"Gent" va "Makkabi Tel-Aviv" Konferentsiyalar ligasining bahorgi bosqichida ishtirok etishini kafolatladi. Ular so'nggi turda “B” guruhi g'olibini aniqlaydi.
“Viktoriya Plzen” muddatidan avval “C” guruhida g'alaba qozonib, ushbu turnirning 1/8 finalida albatta ishtirok etadi.
“Aston Villa” “E” guruhidan chiqishni kafolatladi.
"Bryugge" va "Bude-Glimt" "D" kvartetida dastlabki ikki o'rinni egallashlari kafolatlangan. Ular guruh g'olibini o'zaro uchrashuvda aniqlaydilar.
“Lill” va “Slovan” turnirning bahorgi bosqichiga chiqishdi va “A” guruhida birinchi o'rin uchun kurash olib borishadi.
"G" guruhidan "Ayntraxt" va PAOK pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Gretsiya klubi bu guruhda muddatidan avval g'alaba qozondi, Frankfurt jamoasi ikkinchi bo'ldi.
"Fiorentina" "F" guruhidan chiqishni kafolatladi.
Eslatib o'tamiz, guruhlarda ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar Evropa ligasi guruhlarida uchinchi o'rinni egallagan klublar bilan pley-off o'yinlarini o'tkazadi. KL guruhlari g'oliblari avtomatik tarzda 1/8 finalga yo'l oladi.