"Bayer" ketma-ket 14 o'yindan buyon g'alaba qozonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
“Bayer” g'alabali seriyasini 14 ta o'yinga etkazdi.
Xabi Alonso shogirdlari Evropa ligasida "Xeken"ni mehmonda mag'lub etishdi – 2:0.
Ushbu turnirda leverkuzenliklar shu paytgacha guruh bosqichining barcha beshta turida g'alaba qozonishgan. Ular 1994/95 yilgi mavsumda UEFA kubogida o'rnatilgan klub rekordini takrorlashga muvaffaq bo'lishdi. "Bayer" hech qachon evrokuboklarda ketma-ket beshta o'yinda g'alaba qozona olmagandi.
Umuman olganda, Germaniya jamoasi barcha turnirlarda ketma-ket 14 ta g'alabaga erishdi. Bu mavsumda u faqat "Bavariya"ni mag'lub eta olmadi (2:2), jami 18 uchrashuv uning g'alabasi bilan yakunlangan.
Keyingi uchrashuvda “Bayer” 3 dekabr kuni Dortmundning “Borussiya”siga qarshi maydonga tushadi.